“Nida” to‘foni Xitoyning janubiy qirg‘oqlariga yetib keldi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar bermoqda.
Guandun provinsiyasi Meteorologiya boshqarmasining xabar berishicha, to‘fon Shenchjen shahri qirg‘oqlariga yetib kelgan. Shamolning yuqori tezligi soniyasiga 42 metrni yoki soatiga 150 km ni tashkil etmoqda.
“Nida” to‘foni shimoli-g‘arbga qarata harakatlanishda davom etmoqda. U Guandun provinsiyasining Guanchjou, Dunguan, Foshan va Chjaotsin shaharlariga ham yetib borishi kutilmoqda. Ayni damda Guandunda maktab va ish joylari yopilgan. Aholidan zarur narsalarni zaxiraga g‘amlab qo‘yish va bir necha kun ko‘chaga chiqmaslik so‘ralmoqda.