Irlaniyaning qariyb 400 ming aholisi Britaniya orollariga yopirilgan «Dara» to‘foni oqibatida elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi.
Respublika meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning ayrim hududlarida, jumladan, Goluey grafligida kuchli shamol kuzatilmoqda. Ba’zi joylardan qulagan daraxtlar va trassalar avtomobillar harakati uchun yopilib qolgani to‘g‘risida xabarlar kelib tushmoqda. Temiryo‘l hamda avtobus qatnovlarida ham jiddiy uzilishlar sodir bo‘lgan.
Dublin aeroportida bir nechta aviareys — «Dara»dan jabr ko‘rgan qo‘shni Buyuk Britaniyaga uchadigan deyarli barcha aviaqatnovlar bekor qilingan. Uelsda ob-havo sharoiti tufayli xavfning qizil darajasi saqlanib turibdi, aholiga ko‘chalarga chiqmaslik, transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya qilinmoqda.
Elektr energiyasi tarmog‘idagi uzilishlar Uels, Angliya janubi-g‘arbi va G‘arbiy Midlends grafligida 55 ming xonadonning elektr ta’minotisiz qolishiga olib kelgan.
Butun mamlakat bo‘ylab 7 dekabr sanasiga rejalashtirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Bundan tashqari, bir qancha futbol bellashuvlari, jumladan, «Everton» va «Liverpul» o‘rtasidagi match ham o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.