WSJ: Facebook daromadi ikkinchi chorakda 59 foizga o‘sdi

Fan-texnika 10:07 / 28.07.2016 2911

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining 2016 yil ikkinchi chorakdagi daromadi o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda 59 foizga o‘sib, 6,43 mlrd dollarni tashkil etdi, deyiladi kompaniya hisobotida. 

Kompaniyaning daromadi har bir aksiya hisobidan 97 sentni tashkil etgan, o‘tgan yili bu raqam 50 sentdan iborat bo‘lgan edi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, tahlilchilar har bir aksiya uchun 82 sentlik daromadni taxmin qilishgan. Shunday qilib, kompaniyaning 2016 yil ikkinchi chorakdagi sof daromadi 2,06 mlrd dollarga yetgan.

Ijtiomiy tarmoqning ikkinchi chorakda reklamadan ko‘rgan foydasi 63 foizga o‘sib, 6,24 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunda, uning 83 foizi mobil reklamadan tushgan. Umuman, Facebook kompaniyasining 2016 yilgi daromadi 25 mlrd dollarni tashkil etishi mumkinligi aytilmoqda. 

Ushbu hisobotdan so‘ng, kompaniya aksiyaari narxi 6 foizdan ko‘proqqa o‘sgan.

Ko‘proq yangiliklar: