«O‘zbekturizm» vaziyat barqarorlashmagunicha Turkiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda

O‘zbekiston 11:24 / 28.07.2016 14952

«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi Turkiyaga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolariga hamda bu mamlakatga sayohatlarni amalga oshiruvchi turoperatorlarga murojaat qilib, o‘z rejalarida bu mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni hisobga olishni so‘radi.

«2016 yil 27 iyul holatiga ko‘ra, Turkiya Respublikasining ma'lum hududlarida yuqori darajadagi keskinlik saqlanib qolganini hisobga olganda, Turkiyaga sayohatni xavfsiz deb bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan, ushbu mamlakatdagi vaziyat barqarorlashmaguniga qadar, Turkiyaga safarlarni amalga oshirish tavsiya etilmaydi», deyilgan milliy kompaniya xabarida.

Shuningdek, Turkiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan zarur ehtiyot choralariga amal qilish so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: