Turkiya hukumati mamlakatda davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin qurolli kuchlardan 2400 dan ko‘proq harbiy bo‘shatilgani hamda 130 dan ko‘proq OAV yopilganini e'lon qildi. Bu haqda CNN Turk’ga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin 726 zobit va 1684 askar xizmatdan bo‘shatilgan. Yopilgan OAV orasida 3 ta yangiliklar agentligi, 16 ta telekanal, 45 ta gazeta bor. Shuningdek, boshqa mediaresurslar ham yopilgan.
Avvalroq Turkiya hukumati davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin 42 jurnalistning hibsga olinishiga order bergani ma'lum qilingandi.