Turkiya Adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ Fathulloh Gulen ayni vaqtda AQShda bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.
"Razvedka olgan ma'lumotlarga ko‘ra, u (Gulen - tahr.) boshqa mamlakatga qochib ketgan bo‘lishi mumkin", degan u Haberturk efirida.
Gulen Kanada, Misr, Avstraliya, JAR yoki Meksikaga ko‘chib o‘tgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
U shuningdek, Gulen "40 yil davomida davlat to‘ntarishiga tayyorlangani"ni aytgan. Vazirning fikricha, u davlat to‘ntarishi muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda, xuddi Erondagi inqilobdan keyin Xomaneiy Parijdan vataniga qaytgani kabi u ham Turkiyaga qaytishni rejalashtirgandi.
15 iyul oqshomida Turkiyada harbiylar davlat to‘ntarishga urinishdi. Istnabul va Anqaraga tanklar olib kirildi. Lekin 16 iyul tongida isyon bostirildi.
Keyingi kunlarda mamlakat bo‘ylab yalpi tozalash ishlari olib borilmoqda. Shu vaqtga qadar isyonga aloqadorligi gumon qilingan 15 mingdan ortiq kishi qo‘lga olingan.
Turkiya prezidenti isyon boshlangan vaqtdayoq, bu isyon ortida AQShda istiqomat qiluvchi Fathulloh Gulen turgani haqida ma'lum qildi. Gulen bu ayblovni butkul inkor etmoqda. Turkiya uni ekstraditsiya qilishi uchun AQShga rasmiy so‘rov jo‘natgan.