Pokistondagi suv toshqinlari sabab 20 kishi halok bo‘ldi

Jahon 14:43 / 28.07.2016 7201

Pokiston shimolidagi Xayber-Paxtunxva va Padjob provinsiyalaridagi kuchli jala va suv toshqinlari sabab 22 kishi halok bo‘ldi hamda 60 kishi jabrlandi. Bu haqda Doon gazetasi yozmoqda.

Pokiston meteorologiya departamenti direktori Muhammad Xanifning ma'lum qilishicha, yaqin sutkalar ichida ham kuchli jala kuzatiladi. "Kuchli yomg‘ir Panjob, Xayber-Paxtunxva,  Gilgit-Valtisan va Kashmir singari hududlarda suv toshqini va ko‘chkilar keltirib chiqarishi mumkin", - dedi u.

Pokiston yilning ikkinchi yarmida bo‘ladigan yomg‘irlar mavsumi sabab har yili suv toshqinlari va ko‘chkilardan aziyat chekadi. 2010 yilda mamlakat tarixida kuzatilgan eng yirik ko‘lamli suv toshqinlarida 1,5 ming kishi halok bo‘lgan, o‘n minglab kishi boshpanasiz qolgan, umumiy hisobda esa 2 mln kishi jabrlangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: