AQSh prezidenti Barak Obamaning ishonishicha, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton kelajakda uning o‘rnini egallaydi. Uning fikricha Donald Tramp bu lavozimni egallashga munosib emas.
U bu haqidagi fikrlarini Demokratlar partiyasining Filadelfiyada o‘tkazilgan s'yezdida aytib o‘tgan.
"Agar siz Oval xonada o‘tirsangiz, ana shunda global inqirozlarni tartibga solish va yoshlarni urushga jo‘natish nima ekanligini tushunib yetasiz, - dedi demokrat Obama. – Ammo Hillar u yerda bo‘lgan va muzokaralarda ishtirok etgan".
"U inqirozlarning ayni kuchaygan paytida ham o‘zgalar fikrini eshitgan, xotirjamlik saqlagan va boshqalarga nisbatan hurmatda bo‘lgan. Uning raqiblari qanchalik kuchli bo‘lmasin, u hech qachon taslim bo‘lmaydi", - dedi Amerika rahbari.