Nyu-Yorkning sobiq meri Trampni firibgar deya atadi

Jahon 09:33 / 28.07.2016 7053

Nyu-York sobiq meri, milliarder Maykl Blumberg Demokratlar partiyasi s'yezdida chiqish qildi va unda AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni firibgar deya baholadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Blumberg Trampning ko‘p bora bankrot bo‘lganligini va sudlanganligini eslatdi. Bundan tashqari, milliarderning ma'lum qilishicha, Trampdan farqli ravishda u o‘z yo‘lini noldan boshlagan.
«Tramp mamlakatni huddi o‘z biznesini yuritgandek, boshqarishini aytmoqda. Xudoning o‘zi bizga yordamchi bo‘lsin! — dedi Blumberg o‘z nutqi davomida. — Men Nyu-Yorkda yashayman va firibgarni yaxshi farqiga boraman».

Ko‘proq yangiliklar: