Quyosh va shamol hisobiga harakatlanadigan eko-yaxta

Fan-texnika 16:48 / 28.07.2016 6125

"Yashil texnologiyalar" rivojlanishi slovakiyalik dizayner Rene Gabriyellining 50 metr yelkanli serhasham yaxta kontseptini yaratishiga sabab bo‘ldi. Yaxta toza energiya manbai — quyosh va shamol hisobiga harakatlanadi.

Kema yuragi bo‘lib litiyli akkumulyatordan quvvat oluvchi ikkita elektron turbina xizmat qiladi. Ular o‘z navbatida kema sirtining uchdan bir qismini qoplovchi quyosh paneli hamda butunlay yaxta ichiga kirib ketuvchi teleskopik yelkanda joylashgan shamol energiyasi akkumulyatoridan quvvat oladi.

Ekoenergetika qo‘llanilgan texnologiya kemaning barcha energiyaga bog‘liq bo‘lgan funksiyalari — harakatni ta'minlashdan tortib, asosiy maishiy ehtiyojlarini qoplashgacha yordam beradi.

Eksterer va interer yaxtaning hashamdorligidan darak beradi. 11,2 metrli kema katta basseyn, dam olish hududi va barga ega. Shuningdek, kemaning ichida transport joylashinuvi uchun 8 metrli garaj bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Yaxtaga 10 kishi sig‘ishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: