Yelena Isinbayeva Riodagi Olimpiadaga borishga hanuz umid qilmoqda

Sport 07:25 / 28.07.2016 5454

Rossiyalik yengil atletikachi, ikki karra Olimpiya chempioni Yelena Isinbayeva Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada ishtirok etishga hanuz umid qilmoqda.

"Ertaga menda Rioda ishtirok etish uchun imkoniyat bo‘lish-bo‘lmasligi aniq bo‘ladi. Yana 24 soat umid yashamoqda", deb aytdi Isinbayeva Instagram’dagi sahifasida.

Sportchi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda rossiyalik sportchilarni Olimpiadaga kuzata turib yig‘lab yubordi va o‘z muxlislariga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Bugun prezident qabulida alam ko‘z yoshlarini ushlab tura olmadim, kuchli qizlar ham ba'zida his-tuyg‘ularga yengiladilar. Hechqisi yo‘q, bizni o‘ldirmaydigan narsa – bizni yanada kuchli qiladi. Menga "Yelena sen yutding, chunki bizning yuraklar sen bilan" deb aytishdi. Bu haqiqatan ham har qanday g‘alaba va medaldan qadrliroq", deb yozdi Isinbayeva. 

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi butun Rossiya terma jamoasini Olimpiadadagi ishtirokdan mahrum qilmadi, biroq Xalqaro yengil atletika federatsiyasi barcha rossiyalik yengil atletikachilarni o‘yinlarga qo‘ymaslikka qaror qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: