Apple kompaniyasining bosh direktori Tim Kuk kaliforniyalik xodimlar bilan uchrashuv vaqtida kompaniya millardinchi iPhone’ni sotganini ma'lum qilgan. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilingan.
«iPhone tarixda dunyoni o‘zgartirgan omadli mahsulot bo‘ldi. U doimiy yordamchilar evaziga ana shunday darajaga yetdi», — dedi Kuk.
Kukning aytishicha, milliardinchi iPhone o‘tgan haftada sotilgan. Uning ta'kidlashicha, ular yanada ko‘proq mahsulot sotishlari mumkin, “biroq Apple doim sifatli mahsulot chiqishga intilib kelgan”.