Tojikiston Qirg‘izistonga elektr energiya berishdan bosh tortmoqda

Jamiyat 21:10 / 27.07.2016 9133

Tojikiston Qirg‘izistonga elektr energiya berishdan bosh tortmoqda. Bu haqda tojik OAV ma'lum qildi.  

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, 26 iyulda Tojikiston energetika va suv zaxiralari vaziri Usmonali Usmonzoda matbuot-anjumanida So‘g‘d viloyatidagi korxonalarning elektr energiyaga ehtiyojlari oshgani sababli Tojikiston Qirg‘izistonga so‘ralayotgan hajmda elektr energiya  taqdim qila olmasligini ma'lum qildi. "Biz Qirg‘izistonga elektr energiya sotishdan bosh tortdik, chunki ular katta miqdorda, taxminan 2 mlrd kilovatt-soat elektr energiya so‘rashdi. Biroq joriy sharoitlarda shimoliy hudud ko‘proq hajmda elektr energiyaga ehtiyoj sezmoqda. Hududda kun bo‘yi va katta quvvat bilan ishlovchi korxonalar ko‘p. Hozirda biz 50-60 megavatt elektr energiya taqdim qila olishimiz mumkin", deb aytdi vazir.     
 
Qirg‘iziston Milliy energoxoldingida "24.kg" axborot agentligiga ma'lum qilinishicha, hozircha Tojikistondan rasman javob kelmagan. Energetiklar fikricha, taklif hanuzgacha o‘rganish bosqichida turibdi.  
 
Qirg‘iziston hukumati Tojikiston bilan elektr energiya almashishni kelishish topshirig‘ini berdi, bu To‘xtagul suv omboridan suv oqizib yuborishni qisqartirishga, Tojikiston uchun esa Vahsh GES kaskadidan salt suv oqizib yuborishlarni kamaytirishga imkon beradi va elektr energiya foydali qo‘yib yuborilishini oshiradi. Qirg‘iziston Tojikiston bilan kuniga 1,5-2 mln kilovatt-soat elektr energiya yetkazib berish haqida kelishishni rejalashtirmoqda. Qirg‘iziston shuningdek Qozog‘istondan ham elektr energiya sotib olishni mo‘ljallamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: