Shimoliy koreyalik chegarachilarga, so‘nggi vaqtlarda mamlakat sohillarida paydo bo‘layotgan ilonlarni ushlash ko‘rsatmasi berildi. Rasmiy Pxenyanning taxminiga ko‘ra, bu hayvonlar KXDR xalqi orasida tartibsizlikni keltirib chiqarish maqsadida janubdagi qo‘shnisi tashabbusi bilan qo‘yib yuborilayotgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi The Guardian gazetasi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Koreyaning ehtimoliga ko‘ra, mamlakatning Xitoy bilan chegaradosh Yangando viloyatida ilonlarning haddan ortiq ko‘payishi ortida aynan janubiy koreyalik maxsus xizmatlar turibdi.
Yangando viloyatidagi manbaning aytishicha, chegarachilarga ushbu sudralib yuruvchi hayvonlarni Yalutszyan daryosiga tushmasdanoq tutish topshirilgan.
Pxenyanning uqdirishicha, ilonlarni chegaraortiga yuborish - Janubiy Koreyaning shimolliklar birligiga rahna solish maqsadida amalga oshirayotgan g‘arazli rejasi hisoblanadi.