Kataloniya muhtor viloyati parlamenti viloyatning Ispaniya tarkibidan chiqish rejasini ma'qulladi, deb xabar berdi 27 iyulda El Mundo gazetasi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tashabbusni "Birgalikda ha" va "Xalq birdamligi uchun nomzodlar" ayirmachi koalitsiyasi qo‘llab-quvvatladi. Bu koalitsiya katalon parlamentida ko‘pchilik o‘ringa ega. Rejada bir tomonlama tartibda viloyatning mustaqilligi uchun referendum o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Kataloniya Ispaniya shimoli-sharqidagi avtomon hamjamiyat bo‘lib, oxirgi yillarda viloyatda ayirmachilik kayfiyatlari sezilarli kuchaygan. O‘tgan yil 9 noyabrda Kataloniya parlamenti muhtoriyatning mustaqilligi haqidagi rezolyutsiyani ma'qullagan. Hujjat matnida mustaqillikka ega bo‘lish jarayoni "ispan instansiyalari, jumladan Konstruktsion sud qarorlariga bo‘ysunmasligi" ta'kidlab o‘tilgan. Konstruktsion sud bu hujjatni noqonuniy deb topgan.
Ispaniya konstitutsiyasida muhtor viloyatga markaziy hukumat bilan kelishilmagan holda bir tomonlama referendum o‘tkazish va mustaqilligini e'lon qilishga imkon beruvchi modda mavjud emas.