Norvegiya tepalik cho‘qqisini Finlyandiyaga hadya etishi mumkin

Jamiyat 20:18 / 27.07.2016 4346

Norvegiya hukumati mamlakat shimolidagi Koford kommunasining tashabbusini muhokama etmoqda. Aholi punkti, ikki mamlakat chegarasida joylashgan Xalta tepaligining cho‘qqisini Finlandiya mustaqilligining 100-yilligi munosabati bilan, unga hadya etish g‘oyasini bildirgan edi. NRK telekompaniyasining xabariga ko‘ra, kelasi yili Finlandiya mustaqilligiga 100 yil bo‘ladi. 

Xalti – Finlandiyaning eng yuqori nuqtasi bo‘lib, dengiz sathidan 1324 metr baland hisoblanadi. U Norvegiya bilan chegara o‘rtasida joylashgan. Biroq, uning cho‘qqisi (1361 metr) Norvegiya hududiga kirib ketgan. Ayni cho‘qqiga eng qisqa yo‘l ham Norvegiya hududidan o‘tgan. 

Endilikda, ushbu tepalik tepasida joylashgan kommuna rahbariyati, qo‘shnilarining mustaqilligiga munosib tuhfa hozirlash tadorigida cho‘qqini hadya etish fikrini bildirishdi.

Ko‘proq yangiliklar: