O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengasha viloyat Moliya boshqarmasining faollar zalida “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi oldida turgan vazifalar, O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashaning 2016 yil yarim yillik yakunlari va 2016 yilning ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda partiya faoliyatiga oid boshqa masalalar o‘rin olgan kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi.
Yig‘ilishda O‘zMTDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi xodimlari, partiyadan saylangan deputatlar, partiya faollari, keng jamoatchilik va ommaviy axbarot vositasi vakillari ishtirok etishdi.
Dastlab, O‘zMTDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari J.Safoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi oldida turgan vazifalar haqida gapirdi.
Shundan so‘ng, O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi raisi o‘rinbosari S.Nazarqosimov so‘zga chiqib, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashining 2016 yilning yarim yilligidagi faoliyati yakunlari hamda 2016 yilning ikkinchi yarim yilligidagi ishlar xususida gapirib o‘tdi va 2016 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashining mahalliy partiya tashkilotlari tomonidan jami 374 ta turli tadbirlar tashkil etilganligi va ularda 25333 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz ishtiroki hamda a'zolar soni esa 213 nafarga ortib, bugungi kunda 13214 nafarni tashkil etganligi xususida so‘z yuritdi.
Shuningdek, 2016 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha barcha masalalar ko‘rib chiqildi.