Indoneziyada 14 kishi narkosavdo uchun qatl etiladi

Jahon 20:28 / 27.07.2016 10117

Indoneziya prokuraturasi 14 kishini qatl etishga mahkum qildi. Ularning orasida 10 xorijlik bor. Qatl joriy haftada amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Bu haqda mamlakat bosh prokurori Muhammad Prasetio ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, qatl etilishga mahkum qilinganlarning barchasi giyohvand moddalar bilan bog‘liq ishlar uchun sudlangan. Ularning barchasi qatl ijro etiladigan Nusakambangan turmasiga jo‘natilgan.

O‘limga mahkum qilingan xorijliklar orasida Nigeriya, Hindiston, Pokiston, JAR va Zimbabve fuqarolari bor.

Ko‘proq yangiliklar: