Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Yevropa Ittifoqining Turkiyadagi elchisi iste'foga ketgani sababli Kristian Bergerni yangi elchi etib tayinladi. Bu haqda Mogerinining Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu bilan telefon suhbati natijalariga ko‘ra YeI tashqi siyosiy xizmatining Bryusselda tarqatilgan bayonotida aytilgan.
Bayonotda "Berger ayni vaqtda YeIning tashqi siyosiy xizmatida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha direktor lavozimini egallashi va turli xalqaro tashkilotlarda turli diplomatik lavozimlarda ishlash bo‘yicha 30 yillik tajribaga egaligi" aytilgan.
Iyun o‘rtasida YeIning Turkiyadagi elchisi Xansyorg Xaber iste'fo ketgandi. Xaber o‘z lavozimini 1 avgustda tark etishi aytilgandi. Jurnalistlarning Xaberning iste'foga ketishi sabablari haqidagi savollariga aniq javob berilmagan.
Xaber ushbu lavozimni 2015 yilda egallagandi. Avvalroq u Anqarani YeI bilan migratsion kelishuvi bo‘yicha tanqid qilgandi va shu sababli tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi.