Eron Islom Respublikasida prezidentlik saylovlari 2017 yilning 19 mayida bo‘lib o‘tishi haqidagi xabar mamlakat Kuzatuv kengashi tomonidan rad etildi.
Kengash bergan ma'lumotlarga ko‘ra, uning vakili Abbos Ali Kadxudoiy prezidentlik saylovlari sanasi haqida hech qanday ma'lumot bermagan.
Avvalroq Eron prezidentligiga navbatdagi saylovlar 2017 yilning 19 mayida bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.