Coca-Cola aksiyalari narxi tushumning kamaygani haqidagi hisobotdan keyin tushib ketdi

Iqtisodiyot 22:55 / 27.07.2016 12052

Coca-Cola Co kompaniyasining AQShdagi bozori ko‘plab rivojlanayotgan davlatlardagi bozorlardagi og‘ir sharoitlarga ishora qilib, kutilgandan kamroq choraklik tushum haqida hisobot berdi. Dunyoda spirtsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyaning aksiyalari narxi 27 iyuldagi birjadan tashqari savdolar vaqtida 3 foizga tushib, 43,5 dollarni tashkil qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.     

Coca-Cola rahbari Mux¬tar Kentning aytishicha, AQSh, Meksika va Yaponiya kabi ba'zi yirik va rivojlangan bozorlardagi yaxshi ko‘rsatkichlar ko‘plab rivojlanayotgan bozorlar, jumladan Xitoy va Argentinadagi murakkab tashqi kon'yunktura sababli yo‘qqa chiqqan. Yangi prognozga ko‘ra, 2016 yilda kompaniya tushumining o‘sishi 3 foizni tashkil qiladi. Avvalroq bu ko‘rsatkich 4-5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilingandi. 

Kompaniya uchun eng yirik bozor bo‘lgan Shimoliy Amerikada savdolardan tushum 2 foizga o‘sdi, biroq boshqa hududlarda pasaydi. 

Shunga qaramay, kompaniya aksionerlariga tegishli bo‘lgan sof daromad 2-chorakda 3,45 mlrd dollargacha yoki bir aksiyaga 79 sentga ko‘paydi. 
Kompaniyaning sof operatsion tushumi 5,1 foizga kamayib, 11,54 mlrd dollarni tashkil qildi. 
Kompaniya tushumlarining pasayishi ketma-ket 5 chorakdan beri kuzatilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: