AQShning Boeing aviasozlik korporatsiyasining daromadi 2016 yil 1-yarim yilligida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 60 foizga kamayib ketdi va 985 mln dollarni tashkil qildi. Bu haqda 27 iyulda Rambler News Service xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, 2016 yil 2-choragida kompaniyaning sof ziyoni 234 mln dollarni, foydasi esa 1,11 mln dollarni tashkil qildi. Bunga Boeing 787, Boeing 747 samolyotlari va KS-46 aviatankeri dasturlari bo‘yicha tadqiqotlarga xarajatlarni qayta sinflashdan ko‘rilgan yo‘qotishlar sabab bo‘ldi.
Kompaniyaning yarim yil ichidagi tushumi 1 foizga ko‘payib, 47,39 mlrd dollargacha yetdi. Operatsion daromadlar 63 foizga, ya'ni 1,37 mlrd dollargacha qisqardi. Aktsiyaga daromad 56 foizga, ya'ni bir aksiyaga 1,51 dollargacha kamayib ketdi.
Kompaniyaning iyun oxiriga umumiy qarzi 10 foizga, ya'ni 11 mlrd dollargacha yetdi.