Janubiy Koreyaning yangi avlod Hyundai Elantra sedani AQShning yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS)ning oliy - Top Safety Pick+ bahosiga loyiq ko‘rildi.
Yangi avlod Elantra sedanining kuzovi xavfsizlik nuqtai-nazaridan qayta ishlangan, old xavfsizlik yostiqchalari, haydovchini xavfning yaqinlashayotganidan ogohlantiruvchi tizim takomillashtirilgan. Ixcham avtomobilning 2017 yilgi modeli zarba va krashtestlardan muvaffaqiyatli o‘ta olgan.
IIHS ning xabar qilishicha, Hyundai Elantra – 2017 yil modelining kuzovi to‘qnashuvda 5 sm ichkariga kirgan, avvalgisi 23 sm salon ichiga kirib ketgan edi.
Elantra shuningdek, oldto‘qnashuvlarning oldini oluvchi avtomatik tizim bo‘yicha ham yuqori bahoga loyiq ko‘rilgan. Top Safety Pick+ bahosini olish uchun avtomobilga bunday tizim o‘rnatilgan bo‘lishi shart.