Erini samolyotga chiqishini istamagan ayol Jyeneva aeroportida bomba borligi haqidagi yolg‘on xabarni tarqatganligini tan oldi. Bu haqda prokuratura ma'lumotlariga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.
«Kecha tunda bir ayol qo‘ng‘iroq qilib, Jyeneva aeroportida bomba qo‘yilgani haqida xabar berdi. Uning aytishicha, bugun fransuz sektorida bombali odam paydo bo‘ladi», — deyiladi Jyeneva prokuraturasi xabarida.
Politsiya qo‘ng‘iroq egasini qidirgan va ayolning oldiga kelgan. Ayol erining ketib qolmasligi uchun mana shu yolg‘on xabarni o‘ylab topganini tan olgan.
Ushbu yolg‘on xabardan so‘ng Jyeneva aeroportida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. So‘ngra ushbu holat bekor qilingan.