2016 yilning 1-yarim yilligida «O‘zbekenergo» AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyatining prognoz ko‘rsatgichlari bajarilishi ta'minlangan. Soha bo‘yicha tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 100,2 foizni tashkil etdi. 23 mlrd. kVt·soat hajmda elektr energiyasi, hamda 4 mln. Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berildi.
O‘zbekiston prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2458-sonli Qaroriga muvofiq, jamiyat tomonidan 23ta yangi yirik investitsiya loyihalarini modernizatsiya va qayta ta'mirlash ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Joriy yilda 5ta energetika obektlarining ishga tushirilishi mo‘ljallanmoqda.