Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
Bunday tajribalar orqali tadqiqotchilar yuqori hosildor, ertapishar va turli kasalliklarga bardoshli bo‘lgan yuqori sifatli zaytun navlarini olish niyatida.

Foto: Xinhua
Lunnan shahrida Xitoyda 2022 yili «Shenchjou-14» bortida kosmik mutatsiya tajribalaridan o‘tgan zaytun danaklari unib chiqdi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.
Qayd etilishicha, ilmiy xodimlar og‘irligi 315 grammga teng danaklarni 2026 yilda ochiq tuproqqa ekishni rejalashtirmoqda, bu orqali ularning tabiiy muhitga moslashishi bosqichma-bosqich ta’minlanadi.
Kosmik mutatsiya bo‘yicha tajribalar o‘simliklar danagi yoki to‘qimalariga yerdan tashqarida bo‘lgan atrof-muhit omillari, xususan, mikrogravitatsiya, yuqori darajadagi radiatsiya va ekstremal harorat o‘zgaruvchanligi orqali ta’sir ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Bundan maqsad — genetik mutatsiyalarni qo‘zg‘atish.
Bunday tajribalar orqali tadqiqotchilar yuqori hosildor, ertapishar va turli kasalliklarga bardoshli bo‘lgan yuqori sifatli zaytun plazmasini olish niyatida.
Lunnan — zaytun yetishtirish bo‘yicha Xitoyning «oltin kamari» hisoblanadi. 2023 yili ushbu hududda 4 milliard yuanlik (556 million dollar) 54 ming tonna zaytun hosili yig‘ishtirib olingan.
Bundan oldin Xitoyda «Chane-5» zondi bortida kosmik «sayohat»dan qaytgan sholi ekib ko‘rilgan edi. 2020 yil noyabrda kosmosga uchirilgan sholi 23 kun davomida 760 ming kilometrdan ortiq masofa uchib, kosmik radiatsiyaga uchragandi. 2021 yil martda esa ushbu sholi donlari Janubiy Xitoy Qishloq xo‘jaligi universiteti issiqxonasida unib chiqqan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 15:43
-
Prezident Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston | 15:41
-
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi
Iqtisodiyot | 15:20
-
Putin Volgograd aeroporti nomini "Stalingrad"ga o‘zgartirdi
Jahon | 15:16
Mavzuga oid

17:37 / 22.04.2025
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025