Turkiya hukumatiga muxolifatda bo‘lgan Fathulloh Gulen, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni mamlakatda avtoritar tuzumni barpo etishga urinayotganlikda aybladi. Gulen The New York Times gazetasida e'lon qilgan maqolasida shu haqda so‘z yuritgan.
«Men Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishni keskin qoraladim. Mamlakat hukumati, kuch ishlatish yo‘li bilan emas, erkin va adolatli saylovlar vositasida g‘alaba qozonishi lozim. Keskin noroziliklarimga qaramay, tobora avtoritar hokimiyat tarafdori bo‘lib borayotgan Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an meni davlat to‘ntarishini boshqarishda ayblab chiqdi», — deb qayd etgan Gulen.
Gulen yana bir marotaba AQSh hukumatiga murojaat qilib, o‘zini Turkiyaga topshirmaslikka chaqirgan. Chunki, u yerda, Gulenning fikricha, uni adolatsiz sud kutmoqda.