Bosfor orqali Istanbulga olib o‘tadigan ko‘prik isyon vaqtida halok bo‘lgan qahramonlar xotirasi uchun qayta nomlanadi

Jahon 09:32 / 26.07.2016 7406

Istanbulda Bosfor bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan ko‘prik davlat to‘ntarishiga urinish chog‘ida qurbon bo‘lganlar xotirasiga qayta nomlanadi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

Bu haqida mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirim ma'lum qilgan.

"Hukumat yig‘ilishida Istanbul va Anqaradagi harbiy to‘ntarishga urinishga qarshi chiqib, halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bosfor bo‘g‘ozi ustidagi ko‘prik 15 iyul voqealari qurbonlari xotirasi uchun qayta nomlanadi", degan vazir.

Bosfor ustidan Istanbulga olib o‘tadigan ko‘prik 1973 yilda barpo etilgan, uning uzunligi 1560 metr.

Bundan oldinroq, Turkiya Adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ xalqaro huquq tashkiloti bo‘lmish Amnesty International tashkilotini mamlakat ichki ishlariga ta'sir ko‘rsatishda ayblagandi.

Ko‘proq yangiliklar: