AQSh sudi narkosavdogarga 35 yillik qamoq jazosi va 10 mln jarima belgiladi

Jahon 10:02 / 26.07.2016 4396

Kolumbiyaning yirik giyohvand moddalar savdogari, “aqlsiz” laqabli Daniel Barrera AQSh sudi tomonidan 35 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi. Bundan tashqari, u 10 mln dollar jarima ham to‘lashi kerak, deb xabar qiladi Associated Press agentligi Nyu York okrug sudiga asoslangan holda. 

48-yoshli Barrera AQSh va boshqa davlatlarga 72 tonna giyohvand og‘u - kokainni o‘tkazganlikda aybdor deb topilgan. Prokuror Uilfred Ferrera xulosasiga ko‘ra, kolumbiyalik jinoyatchining bunday yirik hududga “xizmat ko‘rsatgan”i uni dunyoning yirik og‘ufurushlaridan biri deyishga asos bo‘ladi. Sudya Gregori Vuds o‘z navbatida yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olishni rad etib, eng yuqori jazo chorasini qo‘llaganini e'lon qilgan. 

Barrera 2012 yili Venesuelada ushlangan, 2013 yili AQShga topshirilgan edi. ARning xabariga ko‘ra, Barrera bir yildan so‘ng o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Ammo, sud mahkamasi buni inobatga olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: