Turkiyadagi to‘ntarishda aybdor deb hisoblangan 62 nafar o‘smir kadet hamon qamoqda saqlanmoqda

Jamiyat 17:29 / 25.07.2016 3299

Turkiyadagi harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin qo‘lga olingan 62 nafar o‘smir hamon qamoqxonada saqlanmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar bergan.

14-17 yoshdagi o‘smirlar Kuleli harbiy maktabi o‘quvchilari bo‘lgan. Bolalarning advokatlari ularga majburlab harbiy forma kiydirilgani va o‘qlanmagan qurol berib, kechasi tashqariga olib chiqishganini ta'kidlashmoqda.

Kadetlarning onasi shunday deydi: «Farzandim ta'tilda, lekin o‘sha kuni imtihon topshirish uchun borgandi. U ertalabgacha yo‘qolib qoldi va sahar to‘rtta uning telefonini olib qo‘yishganini aytdi. Ularni kechasi qurol berib, binoni qo‘riqlashga olib chiqishgan va kattalarning o‘zlari qochib qolgan. Bolalarni esa qo‘lga olishgan».

Ma'lum bo‘lishicha, o‘sha kuni ko‘pchilik bolalarni mashhur futbolchilar bilan uchrashasizlar, deb aldab chaqirtirishgan.

Ko‘proq yangiliklar: