Turkiyaning bir qator mamlakatlaridagi elchilari 15 iyul kuni ro‘y bergan davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin lavozimlaridan chetlatiladi. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘liga asoslanib Reuters xabar tarqatdi.
Vazir elchilarning ba'zilari o‘z vazifalarini bajara olmaganlikda ayblagan.
Turkiyada muvaffaqiyatsiz o‘tkazilgan davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin boshlangan yalpi tozalash ishlari davomida shu vaqtgacha isyonga aloqadorligi gumon qilingan 13 mingdan ortiq kishi qo‘lga olingan.
Mamlakat prezidenti AQShda istiqomat qiluvchi imom Fathulloh Gulenni isyon tashkilotchisi sifatida ayblagan. Turkiyada Gulenga aloqador bo‘lgan 1500dan ortiq xususiy maktab yopilishiga buyruq berilgan.