Rossiya chempionatida kumush medallarni qo‘lga kiritgan «Rostov» klubi murabbiylar shtabidan bir nechtasi medalsiz qoldi. Chunki klubni taqdirlash marosimida Rostov viloyati rahbarlarini ham taqdirlashgan.
Rasmiy mehmonlar ko‘payib ketgani uchun murabbiylardan oltitasi o‘z medallarini «chinovnik»larga berishga majbur bo‘lgan. Keyin klub Rossiya futbol ittifoqidan qo‘shimcha medal qilib berishdi so‘ragan. Lekin...
«Rostov» uchun tayyorlangan qo‘shimcha medallarda «Rossiya» so‘zini «Rosiii» deb xato yozishgan. Aslida esa «Rossii» (Rossiya chempionati so‘zida) yozilishi kerak edi.
Endi «Rostov» murabbiylari uchun yana qo‘shimcha medallar olib kelinadi.