Xorazm viloyatida joriy yilning birinchi yarmida qurilish ishlari 17,2 foizga o‘sdi

Iqtisodiyot 12:50 / 25.07.2016 4124

Xorazm viloyatida joriy yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulot o‘sish hajmi 3,7 foizni tashkil qilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Sanoat mahsulotlari o‘sish hajmi 24,6 foizga, qishloq xo‘jaliklari mahsulotlari yetishtirish 7,1 foizga, qurilish ishlari 17,2 foizga, turli savdo aylanmalari 11,1 foizga, xizmat ko‘rsatishlar 15 foizga ortgan.

2015-2019 yillarda tarkibiy o‘zgartirishlarni ta'minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari dasturining amalga oshirilishi tufayli sanoat mahsulotlarining o‘sish sur'atlari ta'minlandi. Jumladan, metallsozlik sanoatida 3,9, to‘qimachilik, kiyim-kechak va charm mahsulotlari 16, oziq-ovqat mahsulotlari 10,4, qurilish materiallari 76,4 foizni tashkil etdi. Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 6,4 foiz o‘sdi, xususan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 38,6 milliard so‘mni tashkil qildi. 

Xorazm viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq, joriy yilning birinchi yarmida 1158 loyiha amalga oshirildi, 137 milliard so‘m miqdorida investitsiya kiritildi. 4 ming 800 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. 

Hududiy korxonalar tomonidan 23,5 million dollar miqdorida eksport amalga oshirildi. Poytaxtimizda o‘tkazilgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi doirasida qiymati 158 million dollarlik 23 shartnoma tuzildi. 

Hisobot davrida yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi ijrosi doirasida 28 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etildi. Uning 26,5 mingtasi qishloq joylariga to‘g‘ri kelayotgani e'tiborlidir.  
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun barcha manbalar hisobidan jami 292,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Ko‘proq yangiliklar: