Sayyoraning 7 milliardinchi fuqarosining onasi Yelena Nikolayeva saraton xastaligidan Kaliningradda hayot bilan vidolashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Yelenaning do‘stlariga tayangan holda.
Yelena Nikolayeva — 2011 yil 31 oktabrida Kaliningradda tavallud topgan Petya Nikolayevning onasidir. Bola, BMT tomonidan dunyoning 7 milliardinchi fuqarosi deb tan olingan. U, Yelena va Alekseylarning uchinchi farzandidir.
Shifokorlar Yelenaga uchinchi darajali ko‘krak saratoni tashxisini qo‘yishganda, o‘g‘li bir necha oylik chaqaloq edi. Ayolning qarindoshlari Yelenani Isroilda davolatish uchun mablag‘ to‘plashgan.
"Biroq, u vatanparvar sifatida Moskvani tanladi. Bir necha marotaba o‘tkazilgan amaliyotlar baribir samara bermay, xastalik o‘z so‘zini aytdi", — degan agentlik suhbatdoshi.