OAV: Nepal bosh vaziri iste'foga ketishga ariza berdi

Jahon 22:55 / 24.07.2016 4930

Nepal bosh vaziri Kxadga Prasad Sharma Oli 24 iyulda mamlakat parlamenti tomonidan unga ishonchsizlik bildirilishi e'lon qilinishidan bir necha daqiqa oldin iste'foga ketishga ariza berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.     

"Men prezident Bidxya Devi Bxandariga yig‘ilish oldidan uchrganimizda iste'foga ketishim haqida ariza berdim", deb aytdi Oli parlamentda. 

Agentlikning ta'kidlashicha, bosh vazir o‘zi boshqargan ko‘ppartiyali koalitsiyadagi siyosiy ittifoqdoshlari hukumatni tark etganlaridan keyin iste'foga ketishga majbur bo‘ldi. Bunga bosh vazir tomonidan o‘tgan yil oktabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda unga hukumat rahbari bo‘lishga yordam bergan va'dalarni bajarmagani sabab bo‘lgan. Oli Nepal siyosatidagi ta'sir sohalarini taqsimlash va'dasini bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: