XOQ Rossiya termasi Rio Olimpiadasidan chetlatilmasligini rasman ma'lum qildi

Sport 19:14 / 24.07.2016 13023

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiya terma jamoasining Rio-2016 Olimpiada o‘yinlariga qo‘yilishini tasdiqladi.

Bugun Shveytsariyaning Lozanna shahrida bo‘lib o‘tgan XOQ Ijroqo‘mi yig‘ilishida Rossiya terma jamoasining Olimpiada o‘yinlaridagi taqdiri hal qilindi.

Tashkilot prezidenti Tomas Bax chiqish qilib, yakuniy qarorni e'lon qildi.

U Rossiya terma jamoasi Olimpiada o‘yinlaridan chetlatilmasligini bildirgan.

Ma'lum qilinishicha, IAAF tomonidan dopingda ayblangan yengil atletikachilar bo‘yicha cheklov o‘z kuchida qoladi, bu masala borasidagi qaror Sport turlari bo‘yicha xalqaro federatsiya tomonidan qabul qilinadi.

"Bizga ruxsat berildi. Lekin ba'zi shartlar bilan. Sportchilar uchun yangi mezonlar belgilanadi. Ruxsat berilgan sportchilarning ro‘yxati yaqin orada ma'lum qilinadi. Cheklovlar jiddiy, yo‘qotishlar bo‘ladi", degan SE manbasi.

Ko‘proq yangiliklar: