Kreml ma'muriyati boshlig‘i Sergey Ivanov Rossiya ta'lim sohasining asosiy muammolaridan biri oliy ta'lim muassasalarining haddan ziyod ko‘pligi haqidagi fikrni birldirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Men hanuzgacha oliy ta'limda juda ko‘p muammolar borligini ko‘rmoqdaman. Sizga ochiqchasiga aytishim mumkin, fikrimcha, Rossiyada juda ko‘p OTMlar mavjud", deb aytdi Ivanov Peterburg universiteti Oliy menejment maktabi talabalari bilan uchrashuvda.
Ivanov 94 foiz talabalar Rossiyada oliy ta'lim olishlarini eslatib o‘tdi va bu yaxshi ekanligiga shubha bildirdi.
"Kim buni yaxshi deb aytdi? Men, bunga shubha qilaman. Men ta'lim qanday sifatdaligini hali aytayotganim yo‘q", deb aytdi Ivanov.
Uning aytishicha, "shunchaki diplom berish uchun mavjud bo‘lgan" OTMlar ham talaygina.