Bugun - 16 iyun kuni Toshkentda o‘n keglili sport boulingi bo‘yicha O‘zbekistonning XIV kubogi start oladi. Unda g‘olib bo‘lgan ishtrokchilar O‘zbekiston nomidan eng yirik xalqaro turnir -Shanxaydagi QubicaAMF Jahon kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
30 nafar boulingchi uch kun mobaynida bellashib, ulardan qaysi biri shu yilning oktabr oyida Xitoy safariga munosib ekanini aniqlashadi. O‘zbekistonning ushbu kubogi so‘nggi yillar ichida eng nufuzli sport turiga aylanib borayotgani bilan ham diqqatga sazovordir. Erkaklar orasida turnirning 16 nafar ishtirokchisi poytaxtning top-o‘yinchilari qatoriga kiradi, ayollar orasida esa olti nafari eng yaxshi o‘yinchi hisoblanadi.
Eng yaxshi boulingchilarni aniqlash uchun turnir uch bosqichga bo‘lindi.
Uch kun davom etadigan saralash musobaqalari natijalari bo‘yicha erkaklar orasida to‘rt nafar, ayollar orasida ikki nafar finalchi tanlab olinadi.