O‘zbekiston kubogi musobaqalarining birinchi bosqichi o‘tkazildi

Sport 23:25 / 16.06.2016 4414

Namanganda karting bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan musobaqada viloyatlar va Toshkent shahridan 15 jamoa qatnashdi.

Namangan shahar texnik-amaliy sport turlari markazi sportchisi Yasmina Egamberdiyeva, “Bektemir” o‘quv sport-texnika klubi a'zolari Kamoliddin Najmiddinov, Vladislav Bazin, Vyacheslav Shipkov, Farrux Murodov, Nikolay Sayev, Uchqo‘rg‘on o‘quv sport-texnika klubi a'zosi Bekzod Jo‘rayev, Toshkent birlashgan texnika maktabi sportchisi Danil Belyakov, poytaxtlik Kristina Shipkova, Danil Alimov, Nikita Silenko, Boris Konyuxov, Anton Kamishin, namanganlik Temur Zinatulin, Adham Egamberdiyev, “Vatanparvar” tashkiloti Angren avtomobil maktabi kursanti Aleksandr Donochenko, andijonlik Ibrohimjon To‘ychiyev, Islombek Ismoilov, buxorolik Jasurbek Baxshillayev, Yashnobod o‘quv sport-texnika klubining a'zosi Konstantin Gnezdilov, “Vatanparvar” tashkiloti Guliston avtomobil maktabi vakili Ivan Barishev g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Umumjamoa hisobida “Bektemir” o‘quv sport-texnika klubi jamoasi chempionat shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Ikkinchi o‘rinni Toshkent birlashgan texnika maktabi va uchinchi o‘rinni Andijon viloyati jamoasi egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: