Numbeo portali tomonidan Cost of Living Index – 2016 reytingi taqdim etildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston 122ta mamlakat orasidan 72-o‘rinni egalladi.
Reytingni tuzishda iste'mol narxlari indeksi, turar joy ijarasi, oziq-ovqat mahsulotlari narxi, restoranlardagi narx-navo va aholining sotib olish imkoniyatlari hisobga olingan.
Mazkur reytingga ko‘ra, dunyodagi eng qimmat mamlakatlar - Bermud, Shveytsariya, Bahama, Norvegiya hamda Islandiya davlatlari.
O‘zbekiston Cost of Living Index – 2016 reytingida 72-o‘rinni egalladi. Numbeo'ning o‘tgan yilgi reytingda mamlakatimiz 59-o‘rindan joy olgan edi.
Reytingning eng oxirgi pog‘onalarida Hindiston, Moldova, Pokiston, Qozog‘iston va Nepal mamlakatlari qayd etilgan.