AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, milliarder Donald Tramp Rossiya qurolli kuchlari oxirgi yillarda ancha kuchliroq bo‘lgan, Rossiya yadroviy arsenali esa AQShnikidan ancha mukammalroq, deb hisoblamoqda. Tadbirkor bu haqda 15 iyunda Atlanta shahridagi nutqida aytib o‘tdi.
"To‘g‘risini aytganda, Putin harbiy kuchlarni yana, yana va yana mustahkamlamoqda. Ularning harbiy kuchlari anchagina kuchli. U yadroviy qurol bilan shug‘ullanadi, biz esa hech narsa bilan", deb Trampning so‘zlarini keltirib o‘tdi CNN telekompaniyasi.
"Bizning yadroviy qurol eski va uvadasi chiqqan, Rossiyaniki esa, eshitishimcha, eng yangi. Yaxshisi ehtiyotroq bo‘ling, xo‘pmi?", deb kinoya bilan qo‘shimcha qildi Tramp.
Tramp, shuningdek, prezident etib saylansa, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan nafaqat suhbat olib bormoqchi, balki uni Oq uyda qabul qilish niyatidaligini aytdi.
"Sizga aniq aytishim mumkin, men Pxenyanga bormasdim. Agar u (Kim Chen In) bizga kelsa, uni kutib olardim, biroq uning sharafiga bizni shilayotgan Xitoy yoki boshqa davlatlar uchun uyushtiriladigandek davlat qabulini uyushtirmasdim", deb aytdi Tramp.