Sarez ko‘li muammosi o‘zbek eksperti nigohida

O‘zbekiston 14:25 / 16.06.2016 31609

Toshkent arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi, o‘zbek eksperti Ravshan Qodirovning ishonch bildirishicha, Pomir tog‘laridagi Sarez ko‘li bugungi kunda Markaziy Osiyoning bir necha respublikalariga jiddiy xavf tug‘dirmoqda, deb yozadi Sputnik sayti. 

Mutaxassisning AQSh elchixonasi tomonidan favqulodda texnogen va tabiiy ofatlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvda aytishicha, taxminan 19 mln tonna suvni ushlab turgan tabiiy to‘g‘onning mustahkamligiga hech kim kafolat bera olmaydi. 

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, sobiq ittifoq parchalanmasdan avval ham Sarez ko‘lini o‘rganish uchun ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilgan. Tadqiqotchilar, 500 metrlik to‘g‘onni olib tashlashning imkoni yo‘q deb baholashgan. 

1911 yilda ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida paydo bo‘lgan ko‘l suvi hajmi tobora oshib bormoqda. Shu boisdan ham, inson qo‘li bilan qurilmagan va ko‘zga ko‘rinmas joylari qanday ahvolda ekani noma'lum bo‘lgan to‘g‘onning kuchliroq tabiiy ofatga bardosh berish darajasi qanday ekanini baholash mushkul. 

Biroq, nima bo‘lganda ham matematik modellash mumkin, deb hisoblagan olim, to‘g‘on vayron bo‘lsa yoki suv bilan yuvib ketilsa, yirik tabiiy ofat yuz berishidan ogohlantirgan. 

Ravshan Qodirovning fikricha, shunday hodisa yuz bergudek bo‘lsa, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston va O‘zbekistonning katta hududi vayron bo‘lishi, ushbu respublikalardagi 6 milliondan ortiq inson aziyat chekishi mumkin. 

Yo‘lida uchragan narsalarni yuvib ketgan loyqa suv Qoraqalpog‘istonga yetib borganida balandligi bir metr bo‘ladi, deydi o‘zbek eksperti. 

Shu boisdan ham, O‘zbekiston FVV, respublikaning ushbu hududida mashg‘ulotlar olib bormoqda. Doimiy ravishda, odamlarni ko‘chirish, xavfdan ogoh etish ko‘nikmalari amalga oshirilmoqda. 

Olimning aytishicha, bugungi kunda Sarez ko‘lining uzunligi 75 kmni tashkil etadi. Uning chuqurligi 500 metrdan ortiqdir.

Ko‘proq yangiliklar: