Niger shimolidagi cho‘lda 34 muhojir, jumladan 20 nafar bolaning jasadi aniqlandi, deb xabar bermoqda mahalliy televideniyega iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, odamlarni cho‘lda ularni olib ketayotgan kontrabandachi tashlab ketgan. Bu hudud orqali qochqinlarni Liviya va Yevropa tomonga olib boruvchi yo‘l o‘tadi.
Halok bo‘lganlarning millati haqida ma'lumot berilmagan, ulardan kamida ikki nafari qo‘shni Nigeriya fuqarosi ekanligi aytilgan.