Meksikalik milliarder Karlos Slim o‘quvchilar uchun tutilgan smartfonlarni xarid qilib beradi

Jahon 09:53 / 16.06.2016 3707

Meksikalik mediamagnat va milliarder Karlos Slim maktab o‘quvchilari ta'lim materiallaridan foydalana olishlari uchun ularga tutilgan smartfonlar yig‘ish dasturini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Dunyodagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan birining egasi bo‘lgan Slim uning América Móvil xoldingi barcha yoshdagilar uchun o‘quv kurslari saytlariga simsiz aloqani bepul taqdim qilishini aytdi.

Kompaniya 1-2 yil tutilgan, yaxshi holatdagi smartfonlari 500 pesogacha (26 dollar) sotib oladi. Magnat davlat maktablariga yordam berish uchun ikkilamchi smartfonlar bozorini yaratishni istashini aytdi.  

Slim uning Meksikadagi raqobatchilari, jumladan Ispaniyaning Telefonica va AQShning AT&T kompaniyalari undan o‘rnak olib, o‘quv materiallariga erkin kirishni taqdim qilishlariga umid bildirdi.

Karlos Slim ayni vaqtda Forbes’ning milliarderlar ro‘yxatida 4-o‘rinni egallamoqda. Milliarder mablag‘larining bir qismini xayr-sahovat ishlariga yo‘naltiradi.

Ko‘proq yangiliklar: