Kosovalik xaker AQShlik harbiylar haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlaganini tan oldi

Jahon 07:56 / 16.06.2016 5072

Kosovalik xaker IShID terrorchilik guruhi uchun mingdan ziyodroq AQShlik harbiylar va federal amaldorlar haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlaganligini tan oldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

20 yoshli Ardit Feriziy 2015 yilda ma'murning huquqlarini olib, ma'lumotlar bazasini ochib, olingan ma'lumotlarni IShID vakillariga topshirgan. Ular keyin bu haqda tvitterda ma'lum qilgan.

Keyinroq Feriziy Malayziyada qo‘lga olinib, AQSh hukumatiga topshirilgan. U 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: