Britaniyada karam kuyakapalagining o‘nlab millionlab kapalaklari oddiy karam va gulkaram hosiliga hujum qilmoqda, bu esa hosilning nobud bo‘lishi bilan xavf solmoqda.
Hasharotlar Birlashgan Qirolikka Yevropaning qit'a qismidan uchib kelgan. Ta'kidlanishicha, oxirgi haftada kapalaklar soni o‘rtacha yillik ko‘rsatkichdan 100 barobar ko‘proqni tashkil qilgan.
Ayni vaqtda olimlar ommaviy zararkunandaga qarshi kurashishning samarali choralarini izlamoqdalar.