Kanada parlamenti vakillari palatasi milliy madhiyaning inglizcha talqini matnini o‘zgartirish bo‘yicha ovoz berdi. Unga ko‘ra, matn jinsiy neytral mazmunga ega bo‘ladi.
Quyi palata deputatlari qaroriga ko‘ra, «True patriot love in all thy sons command» (vatanparvarning haqiqiy muhabbati— barcha o‘g‘illaring yuragida)ning so‘nggi jumlasi «...in all of us command» (...barchamizning yuragimizda)ga o‘zgartiriladi.
Mazkur tashabbus hukmron Liberal partiya a'zosi Moril Belanjga tegishli bo‘lib, u markaziy asab tizimining bedavo xastaligi bilan kasallangani bois, madhiyaning yakuniy matni tasdiqlanguncha yashay olmasligi ham mumkin, deb xabar qiladi BBS. Loyihani Senat ham tasdiqlashi talab etiladi.
1908 yilda yozilgan «O Canada» madhiyasi mamlakatning ikki rasmiy madhiyasidan biridir. Yana bir madhiya fransuz tilidadir. «O Canada» rasman 1980 yil 1 iyulidan madhiya hisoblanadi.