Xitoyda jalalar tufayli o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Jahon 08:30 / 16.06.2016 8402

Xitoyning Tszyansi, Guychjou, Xunan, Guandun viloyatlari va Guansi-Chjuan muxtor tumanida jalali yomg‘irlar va uning oqibatida yuzaga kelgan toshqin va ko‘chkilar oqibatida bir kun ichida 13 kishi halok bo‘ldi, yana shuncha odam bedarak yo‘qoldi, deb e'lon qilingan. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi ma'lum qildi. 

Tszyansida (Sharqiy Xitoy) 3 kishi halok bo‘ldi, 21 ming kishi evakuatsiya qilindi, ulardan 10 ming nafari shoshilinch yordamga muhtoj.

Xunanda (Markaziy Xitoy) daryolar toshib ketgan, ko‘chki va sellar qayd etilgan. Xenshan uyezdida 3 kishi ko‘chki tagida qolgan uyda halok bo‘lgan. Lunxuey uezdida 530 ga yaqin uy vayron bo‘lgan, 12 ming kishi xavfsiz joylarga olib chiqib ketilgan. Chjuchjou suv ombori yorilib ketgan, suv omborini tiklash bo‘yicha tezkor ishlar olib borilmoqda, aholi evakuatsiya qilinmoqda.

Guansi-Chjuan muhtor tumanida (Janubiy Xitoy) bir kishi toshqin oqibatida vayron bo‘lgan uyi ostida halok bo‘lgan, yana ikki kishi kuchli oqim bilan olib ketilgan. 754 ta turar-joy vayron bo‘lgan.

Tszinpin uezdida 5 kishi halok bo‘lgan, yana 4 kishi bedarak yo‘qolgan.

Xitoyning janubiy qismidagi jalalar davom etmoqda va jabrlangan hududlarga shoshilinch yordam – chodirlar, adyollar, ichimlik suvi tashlanmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: