Vengriya darvozaboni Gabor Kiray Avstriya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. Yevro-2016 doirasida o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida vengriyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.
"Men shalvarni unda qulay bo‘lgani uchun kiyaman. Men shunchaki darvozabonman, tom-model emas. Men 10 yil avval shalvar kiyishga qaror qilganman va u mening uslubimning bir qismiga aylangan.
Albatta, Yevro – juda yirik musobaqa. Butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlar birinchi marta mening shalvarimni ko‘rishadi. Tushunaman, bu ularni hayratlantirishi mumkin. Biroq men uchun Avstriya termasiga qarshi uchrashuv shalvardagi navbatdagi uchrashuv bo‘ldi. Va umid qilamanki, bundan o‘yinlar hali ko‘p bo‘ladi.
Vengriya termasi uchun musobaqani muvaffaqiyatli boshlash juda muhim edi. Jamoa ikki marta gol urdi, to‘p o‘tkazmadi va 3 ochko to‘pladi.
Biz raqibga haddan tashqari e'tibor qaratmadik, balki o‘zimiz nima qilishimiz kerakligiga e'tiborni mujassamlashtirdik, qo‘limizdan kelganini qilishga tayyor edik. Vengriya termasi o‘z futbolini ko‘rsatdi", deb aytdi darvozabon.
Manba: Tribuna.Uz