Yevro-2016 guruh bosqichi 2-tur doirasida Angliya va Uels o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tdi. Bu britancha derbida inglizlar irodali g‘alabaga erishdi.
O‘yinning 42-daqiqasida Uels hujumchisi Garet Beyl jarima zarbasidan hisobni ochdi.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Hojson ikkinchi bo‘limni 2 o‘zgarish bilan boshladi: ishonchni oqlamagan markaziy hujumchi Harri Keyn o‘rniga Jyeymi Vardi, vinger Rahim Sterling o‘rniga esa Daniyel Starrij maydonga tashlandi. Vardi o‘yinga qo‘shilishidan 9 daqiqa o‘tib javob golini yo‘lladi 1:1.
O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa zaxiradan maydonga tushirilgan hujumchilarning ikkinchisi Daniyel Starrij g‘alaba goliga mualliflik qildi - 2:1.
Angliya – Uels 2:1
Gollar: 0:1 – 42 Beyl, 1:1 – 56 Vardi, 2:1 – 90 Starrij.
Angliya – Hart, Keyxill, Rouz, Uoker, Smolling, Alli, Dayyer, Lallana (Reshford, 73), Sterling (Starrij, 46), Keyn (Vardi, 46), Runi.
Uels – Xennessi, Uilyams, Devis, Teylor, Chester, Beyl, Remzi, Robson-Kanu (Uilyams, 72), Allen, Ledli (Edvards, 67), Ganter.
Ogohlantirish: Devis (61).